
Saharlikni taqvimda ko‘rsatilgan vaqtdan kechiktirib qilish mumkin emas. Chunki belgilangan vaqt o‘tgach, tong otadi va ro‘za boshlanadi.
Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari «Saharlikni taqvimda koʻrsatilgan vaqtdan 10-15 minut oʻtkazib qilsa boʻladimi?» degan savolga quyidagicha javob berdi:
«Bismillahir rohmanir rohim. Yoʻq, boʻlmaydi. Taqvimda koʻrsatilgan vaqtdan oʻtkazmaslik kerak. loji boʻlsa, ehtiyotini olib, koʻrsatilgan vaqtdan 5-10 daqiqa oldin yeb-ichishni toʻxtatsa, yana ham yaxshi boʻladi. Chunki tong otgandan keyin saharlik qilgan kishi roʻzani buzgan boʻladi va Ramazondan keyin bir kun qazo tutib beradi. Vallohu a’lam», – deydi Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Ramazonda suvsizlanishning oldini qanday olish mumkinligi haqida yozgandi. Unga ko‘ra, saharlikdan keyin 250-300 ml suv ichish tavsiya etiladi. Bu organizmga ro‘za davomida zarur bo‘lgan zaxira suyuqlikni beradi.
Hududlar kesimida saharlik va iftorlik vaqtlaridagi farqni @fatvouz_taqvim_bot telegram boti orqali aniqlash mumkin. Bot orqali yashash hududingizni tanlab, aniq vaqtlarni bilish imkoni mavjud.