24 – 27-fevral kunlari oltita viloyatda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
eʼlon qilindi
Yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi sababli

2026-yil 24 – 27-fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.
Unga ko‘ra, 24 – 25-fevral kunlari:
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
- Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi yuzaga kelishi mumkin.
Shuningdek, 26 – 27-fevral kunlari:
- Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
- Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi saqlanib qoladi.
Tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar va haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘raladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yashin eng ko‘p kuzatiladigan hududlar haqida ma’lumot berilgandi.