Yangiliklar

24 – 27-fevral kunlari oltita viloyatda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi sababli
24–27-fevral kunlari oltita viloyatda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
Foto: depositphotos

2026-yil 24 – 27-fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

Unga ko‘ra, 24 – 25-fevral kunlari:

  • Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
  • Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi yuzaga kelishi mumkin.

Shuningdek, 26 – 27-fevral kunlari:

  • Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
  • Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi saqlanib qoladi.

Tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar va haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘raladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yashin eng ko‘p kuzatiladigan hududlar haqida ma’lumot berilgandi.