Avto

«64 yoshli» Chevrolet Corvette auksionga qo‘yildi

Mecum Auctions tomonidan
«64 yoshli» Chevrolet Corvette C1 auksionga qo‘yildi
«64 yoshli» Chevrolet Corvette C1 auksionga qo‘yildi / Foto: Mecum

1962-yilda ishlab chiqarilgan afsonaviy Chevrolet Corvette C1’ning eng kuchli talqinlaridan biri – Fuelie versiyasi Mecum Auctions tomonidan sotuvga qo‘yildi. Bu haqda kompaniya sahifasida ma’lum qilindi.

«64 yoshli» Chevrolet Corvette C1 auksionga qo‘yildi / Foto: Mecum

Corvette o‘z davrida alohida o‘rin tutadi: bu birinchi avlod – C1 uchun yakuniy yil bo‘lgan. Aynan shu yili model yangi 327 kub dyuymli Small Block dvigatelini oldi, u avvalgi 283 motor o‘rnini egalladi. Bazaviy versiya 250 ot kuchi ishlab chiqargan bo‘lsa, eng qimmatbaho talqin Fuelie – Rochester Ram Jet yonilg‘i purkash tizimi bilan jihozlanib, 360 ot kuchigacha quvvat bera olgan.

«64 yoshli» Chevrolet Corvette C1 auksionga qo‘yildi / Foto: Mecum
«64 yoshli» Chevrolet Corvette C1 auksionga qo‘yildi / Foto: Mecum

Auksionga qo‘yilayotgan nusxa aynan shunday konfiguratsiyaga ega. Kapot ostida 327 kub dyuymli V8 dvigatel va to‘rt pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi o‘rnatilgan.

«64 yoshli» Chevrolet Corvette C1 auksionga qo‘yildi / Foto: Mecum
«64 yoshli» Chevrolet Corvette C1 auksionga qo‘yildi / Foto: Mecum

Fuelie talqini alyuminiy klapan qopqoqlari va yanada sportcha xarakteri bilan ajralib turgan. Avtomobil Tuxedo Black rangiga bo‘yalgan, salon esa yorqin qizil vinil bilan bezatilgan. Mashina restavratsiyadan o‘tgan hamda qattiq va yumshoq tom variantlari bilan taqdim etiladi.

«64 yoshli» Chevrolet Corvette C1 auksionga qo‘yildi / Foto: Mecum
«64 yoshli» Chevrolet Corvette C1 auksionga qo‘yildi / Foto: Mecum

Ushbu model kuchaytirilgan tormoz tizimi, maxsus amortizatorlar va RPO 276 indeksli 5,5 dyuymli original g‘ildiraklar bilan jihozlangan. 1962-yil Corvette uchun an’anaviy bagaj qismi saqlangan so‘nggi yil bo‘lgan, 1963-yildan boshlab esa ikkinchi avlod mustaqil orqa osma va yopiq faralar bilan butunlay yangi dizayn bosqichiga o‘tgan.

«64 yoshli» Chevrolet Corvette C1 auksionga qo‘yildi / Foto: Mecum
«64 yoshli» Chevrolet Corvette C1 auksionga qo‘yildi / Foto: Mecum

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2026 Chevrolet Captiva PHEV sotuvga chiqqani haqida yozgandi.