AQSh topganga 15 million dollar mukofot e‘lon qilgan meksikalik narkobaron o‘ldirildi

eʼlon qilindi
Mazkur voqeadan so‘ng kartel nazoratidagi hududlarda zo‘ravonliklar avj oldi
AQSh 15 million dollar mukofot e‘lon qilgan meksikalik narkobaron o‘ldirildi
AQSh 15 million dollar mukofot e‘lon qilgan meksikalik narkobaron o‘ldirildi / Foto: Ulises Ruiz/AFP/Getty Images

Meksikada narkokartel yetakchilaridan biri, narkobaron Nemesio Ruben Oseguera Cervantes, ya’ni «El Mencho» maxsus harbiy amaliyot chog‘ida halok bo‘lgan. U Jalisco New Generation Cartel (CJNG) asoschisi va rahbari edi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda The Washington Post nashri

Harbiylar dastlab uni qo‘lga olishni rejalashtirgan, biroq operatsiya vaqtida qurolli qarshilikka duch kelgan. O‘q almashuvi natijasida kartelning bir necha a’zosi, jumladan Oseguera ham o‘ldirilgan. Yana ikki nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan, ko‘plab qurol-aslaha va zirhli texnikalar musodara qilingan.

Mazkur voqeadan so‘ng kartel nazoratidagi hududlarda zo‘ravonliklar avj oldi. Guadalajara shahrida yo‘llar yonayotgan avtomobillar bilan to‘sildi, sirenalar va vertolyotlar ovozi yangradi, ayrim korxonalar faoliyatini to‘xtatdi. Puerto Vallartada ham yong‘inlar va to‘qnashuvlar kuzatildi. AQSh elchixonasi Jalisco va Tamaulipas shtatlaridagi fuqarolarni vaqtincha boshpanada qolishga chaqirdi.

AQSh tomoni Oseguerani eng ko‘p qidirilayotgan jinoyatchilardan biri sifatida baholab kelgan va uning qo‘lga olinishi uchun $15 milliongacha mukofot e’lon qilgan edi. Donald Tramp ma’muriyati Meksikani narkokartellarga qarshi kurashni kuchaytirishga bir necha bor da’vat qilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 62 kg narkotik modda bilan tushgan jinoyatchilar 15 yilga «kesilgani haqida yozgandi.

Shuningdek