BAFTA 2026: eng yaxshi film va g‘olib aktyorlar e’lon qilindi

23-fevral 2026 11:41 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
BAFTA 2026: Yilning eng yaxshi filmlari va g‘olib aktyorlar e’lon qilindi / Foto: Getty Images

Buyuk Britaniyada 2026-yilgi BAFTA mukofotining taqdirlash marosimi o‘tkazilib, yilning eng yaxshi filmlari va aktyorlari aniqlandi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.

Foto: Variety

Tadbir davomida Robert Aramayo «Qasam ichaman» (I Swear) filmi uchun eng yaxshi aktyor bo‘ldi. Wunmi Mosaku esa «Gunohkorlar» (Sinners) filmi bilan eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa mukofotini qo‘lga kiritdi.

Foto: The Guardian

G‘oliblarning to‘liq ro‘yxati

KategoriyaG‘olib
Eng yaxshi film«Jangma-jang» (One Battle After Another)
Eng yaxshi britaniyalik film«Hamnet» (Hamnet)
Eng yaxshi aktrisaJessie Bakli, «Hamnet» (Hamnet)
Eng yaxshi aktyorRobert Aramayo, «Qasam ichaman» (I Swear)
Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisaWunmi Mosaku, «Gunohkorlar» (Sinners)
Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyorSean Penn, «Jangma-jang» (One Battle After Another)
RejissorPaul Tomas Anderson, «Jangma-jang» (One Battle After Another)
Eng yaxshi britaniyalik yozuvchi, rejissor yoki prodyuserning birinchi ishlari«Otamning soyasi» (My Father’s Shadow)
Ingliz tilida bo‘lmagan film«Hissiy qadriyat» (Sentimental Value)
Hujjatli film«Janob Hech kim Putinga qarshi» (Mr Nobody Against Putin)
Animatsion film«Hayvonlar shahri 2» (Zootopia 2)
Bolalar va oilaviy film«Bung» (Boong)
Asl ssenariy«Gunohkorlar» (Sinners)
Moslashtirilgan ssenariy«Jangma-jang» (One Battle After Another)
EE Rising Star mukofotiRobert Aramayo
Asl musiqaLudvig Göransson, «Gunohkorlar» (Sinners)
Kasting«Qasam ichaman» (I Swear)
Kinematografiya«Jangma-jang» (One Battle After Another)
Kostyum dizayni«Frankenshteyn» (Frankenstein)
Montaj«Jangma-jang» (One Battle After Another)
Ishlab chiqarish dizayni«Frankenshteyn» (Frankenstein)
Soch va makiyaj«Frankenshteyn» (Frankenstein)
Ovoz«F1» (F1)
Maxsus vizual effektlar«Avatar: Olov va Kul» (Avatar: Fire and Ash)
Foto: «Avatar: Olov va Kul» filmidan
Foto: «Jangma-jang» filmidan / rejissor Paul Tomas Anderson va bosh qahramon rolida Leonardo DiKaprio
Foto: «Hayvonlar shahri 2» animatsion filmidan
Foto: «Hissiy qadriyat» filmidan
Foto: «Frankenshteyn» filmidan
Foto: «Gunohkorlar» filmidan
Foto: «Hamnet» filmidan
Foto: «Qasam ichaman» filmidan

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026-yilgi «Oltin globus» mukofoti g’oliblari e’lon qilingan edi.

Shuningdek