Gadjetlar

Caviar oltindan yasalgan iPhone Air modelini taqdim etdi

Aureon talqini 24 karatli oltin qoplama hamda oltin tusli marmar effektiga ega karbon materiali bilan ajralib turadi
Caviar oltindan yasalgan iPhone Air modelini taqdim etdi
Caviar oltindan yasalgan iPhone Air modelini taqdim etdi / Foto: GSMArena

Caviar Lyuks gadjetlar ishlab chiqaruvchisi yana bir noodatiy va nihoyatda qimmat qurilmani namoyish qildi. Bu safar kompaniya Apple iPhone 17 Air asosida yaratilgan maxsus versiyani taqdim etdi. Bu haqda GSMArena nashri xabar berdi.

Dizayn Art Nouveau bezak uslubi hamda mashhur rassom Alphonse Mucha ijodidan ilhomlangan. Barcha modellar simsiz quvvatlash va MagSafe funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Kolleksiyaning flagman versiyasi – Zenith. Uning korpusi 18 karatli sof oltindan ishlangan va qora timsoh terisi bilan uyg‘unlashtirilgan. Kompaniya ta’kidlashicha, bu brend tarixidagi eng yengil oltin smartfon hisoblanadi. Model atigi uch dona nusxada chiqariladi va narxi $38,9 mingni tashkil etadi.


Caviar oltindan yasalgan iPhone Air modelini taqdim etdi
Foto: GSMArena

Aureon talqini 24 karatli oltin qoplama hamda oltin tusli marmar effektiga ega karbon materiali bilan ajralib turadi. Ushbu versiya 19 dona miqdorida ishlab chiqariladi va $9270 baholangan.

Yana bir model Crystal – yorqin va nafis dizaynga urg‘u beradi. Unda aviatsion titan, oq timsoh terisi va zargarlik emali elementlari qo‘llangan. Bu versiya ham 19 dona bilan cheklanadi, narxi $8910.

Kolleksiyadagi eng soddaroq ko‘rinish – Air Black. U qora titan va qora timsoh terisidan tayyorlangan bo‘lib, boshlang‘ich konfiguratsiyasi $7610 dollar taklif etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Apple iPhone 17e va yangi qurilmalarni taqdimotdan avvalroq e’lon qilishi mumkinligi haqida yozgandi.