Gadjetlar

ChatGPT’da 100 dollarlik tarif ishga tushirilishi mumkin

ChatGPT Pro Lite’ni taqdim etishi mumkin
ChatGPT’da 100 dollarlik tarif ishga tushirishi mumkin
ChatGPT’da 100 dollarlik tarif ishga tushirishi mumkin / Foto: Zulfugar Karimov / Unsplash

OpenAI yaqin orada ChatGPT uchun yangi oraliq obuna rejasi – ChatGPT Pro Lite’ni taqdim etishi mumkin. Bu haqda veb-versiya kodida aniqlangan ma’lumotlarga tayanib xabar qilindi, deb yozmoqda ITHome nashri.

Yangi tarifning taxminiy narxi oyiga $100 etib belgilangan. Hozirda ChatGPT bir nechta obuna bosqichlarini taklif qiladi. Bepul versiyada funksional va foydalanish limitlari mavjud. Pullik tariflar orasida oyiga $20 lik Plus rejasi kengroq imkoniyat va yuqori kvotalarni beradi, professional foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan Pro esa oyiga $200 turadi va maksimal funksiyalarni taqdim etadi.

Dasturchi Tibor Blaho ChatGPT’ning veb-interfeysi kodida ChatGPT Pro Lite nomli yangi qatlamga oid satrlarni aniqlagan. Kodda ko‘rsatilgan reasoning_limit_boost bandi ushbu tarif chuqur fikrlash modellari, masalan, o1 va o3 seriyalaridan foydalanish limitini Plus tarifiga nisbatan 3 – 5 baravar oshirishi mumkinligini anglatadi.

Biroq kutilishicha, Pro Lite to‘liq Pro tarifidagi eng ilg‘or professional rejim – SOTA Mode’ni o‘z ichiga olmaydi. Shunday qilib, yangi tarif Plus va Pro o‘rtasidagi bo‘shliqni to‘ldiruvchi oraliq variant bo‘lishi mumkin.

Hozircha kompaniya rasmiy bayonot bermagan, biroq front-end kodda paydo bo‘lgan ma’lumotlar yangi obuna bosqichi ustida ish ketayotganini ko‘rsatmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan OpenAI o‘zining ilk aqlli kalonkasini ishlab chiqayotgani haqida yozgandi.