
IKEA orangutan plyush o‘yinchog‘i Pancha ismli kichkina makakaga ona o‘rnini egallagani sababli mashhur bo‘ldi va uning savdosi keskin oshdi. Bu haqda The Washington Post nashri xabar berdi.
Unga ko‘ra, AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreya do‘konlarida barcha orangutanlar sotib olingan.
IKEA vakillari xaridorlardan sabrli bo‘lishni so‘rab, orangutanlarni imkon qadar tezroq do‘kon javonlariga qaytarishga va’da bergan.
«Bu o‘yinchoq uzoq vaqtdan beri turli bozorlarida eng talabgir mahsulotlardan biri bo‘lgan, endi Yaponiya voqeasi unga qo‘shimcha e’tibor keltirdi», — deydi Ingka Group’ning tijorat bo‘yicha menejeri Xavier Quinones.
Pancha — Itikava hayvonot bog‘idagi kichik makaka. Onasi uni tashlab ketgan, va u plyush orangutan bilan bog‘lanib, xavfsizlik va tasalli topgan. Shu sababli o‘yinchoq endi internet-fenomenga aylangan va IKEA uni «Pancha orangutan yordamchisi» sifatida reklama qilmoqda.
«Bizni bu voqea hayratga soldi, chunki bizning plyush orangutanimiz Pancha uchun quchoq, mehr va tinchlik hissi bag‘ishlaydi», — deya qo‘shimcha qilgan IKEA bolalar mahsulotlarini ishlab chiqish bo‘yicha rahbari Karin Blind Pedersen.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQShda gapiruvchi to‘tiqush politsiyaga qotilni topishga yordam bergani haqida yozgandi.