
Honor kompaniyasi Magic V6 smartfonini ikkita versiyada taqdim etadi. Ulardan biri BeiDou sun’iy yo‘ldosh xabarlashuvi bilan (PNM-AN20), ikkinchisi esa sun’iy yo‘ldosh funksiyasiz (PNM-AN10) bo‘ladi.
Batareya va zaryadlash
- PNM-AN20 – 7,150 mAh batareya va 120 Vt tez zaryadlash.
- PNM-AN10 – 6,850 mAh batareya va 80 Vt tez zaryadlash.

Xotira va saqlash konfiguratsiyalari
PNM-AN20 modeli 12GB/256GB va 16GB/1TB variantlarida taqdim etiladi. PNM-AN10 esa 16GB/512GB konfiguratsiyasida mavjud bo‘ladi va asosiy model sifatida 12GB/256GB versiyasi ham kutilmoqda.
Texnologiyalar va protsessor
Telefon ichida Honor kompaniyasi ishlab chiqqan C1+ simsiz chip va E2 quvvat boshqaruv chipi mavjud. Qurilma Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori bilan ishlaydi va asosiy kamerasi 200 MP bo‘lishi kutilmoqda.

Namoyish va tadbirlar
Honor Magic V6 MWC tadbirida namoyish qilinadi. Shuningdek, Robot Phone konsept smartfon modeli ham taqdim etiladi – bu CES’da ko‘rilgan modelga nisbatan yanada funksional versiya hisoblanadi. Modelning boshlang‘ich narxi taxminan $1 200 – $1 300 dan boshlanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Honor arzon narxdagi Pad X8 planshetini taqdim etgan edi.