
Kia kompaniyasi Kia EV5 modelining yangilangan dizayn va tezkor zaryad funksiyasiga ega versiyasini sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda ArenaEv ma’lum qildi.
Tashqi ko‘rinish va dizayn
Yangi Kia EV5 tashqi ko‘rinishi WKNDR konseptidan ilhomlangan. Old qismida Kia’ning yangi «uch tishli» fara dizayni mavjud, bamperlar kengaytirilgan va g‘ildiraklar «off-road» uslubida yangilangan.

Ichki salon va texnologiyalar
Ichki kabinada sezilarli o‘zgarishlar mavjud. Kia Pleos deb nomlangan yangi infotainment tizimi panelning ikki uchdan bir qismigacha cho‘zilgan katta ekranga ega. Instrument panel biroz pastroq joylashtirilgan, bu esa yo‘lni aniqroq ko‘rish imkonini beradi.
Elektr tizimi va zaryadlash imkoniyati
Yangilanishlardan biri elektr tizimida kutilmoqda. Asl EV5 modeli 400V tizimidan foydalangan, ammo yangilangan versiyada 800V tizimiga o‘tish ehtimoli mavjud, bu avtomobilni tezroq zaryadlash imkonini beradi.

O‘lchamlar va ichki makon
Kia EV5 uzunligi 4,610 mm, kengligi 1,875 mm, balandligi 1,675 mm va g‘ildiraklar oralig‘i 2,750 mm. Orqa o‘rindagi yo‘lovchilar uchun oyoq bo‘sh joyi 1,041 mm.
Batareya va masofa
Hozirgi EV5 versiyasida ikki xil batareya tanlovi mavjud: kichik batareya 400 km, katta batareya esa 530 km masofani bosib o‘tadi.

Taqdimot va kelajak rejalar
Yangilangan Kia EV5’ning rasmiy taqdimoti yil oxiriga rejalashtirilgan. Prototiplar allaqachon treylerlar va jamoat yo‘llarida sinovdan o‘tkazilmoqda.
Narxi
2025‑yilgi Kia EV5’ning bozordagi narxi turli hududlarga qarab farq qiladi. Model Xitoyda taxminan $20 ,7 ming – $22,1 ming atrofida sotilgan. Shuningdek, ba’zi bozorlar va yuqori darajadagi variantlar uchun narxlar $30 ming–$ 35 ming dollarni tashkil etgan. O‘zbekistonda esa model 300 mln so‘mdan ziyod narxda sotilmoqda. Yangi versiyaning narxlari hali rasman e’lin qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kia kompaniyasining eng kichik va arzon elektromobili EV2 Norvegiyaning sovuq ob-havosida qishki sinovdan o‘tkazilgan edi.