Meta Threads uchun yangi ulashish funksiyasini taqdim etdi

eʼlon qilindi
Qanday ko‘rinishini oldindan Threads ichida ko‘rish mumkin
Meta Threads uchun yangi ulashish funksiyasini taqdim etdi / Foto: Radio Deejay

Meta o‘zining Threads ijtimoiy tarmog‘ini yanada ommalashtirish maqsadida yangi funksiyani ishga tushirdi. Bu haqda Tech Crunch ma’lum qildi.

Endilikda foydalanuvchilar Threads’dagi postlarni ilovadan chiqmasdan turib bevosita Instagram Stories’iga ulasha oladi.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, yangi imkoniyat post Stories’da qanday ko‘rinishini oldindan Threads ichida ko‘rib chiqish imkonini ham beradi. Avval ham foydalanuvchilar Threads postlarini Instagram Stories’ga ulashlari mumkin edi, biroq buning uchun qo‘shimcha bosqichlarni bajarish talab etilardi. Ilova allaqachon postlarni Instagram lentasi yoki shaxsiy xabarlarga yuborish funksiyasini ham joriy qildi.

Threads ilk bor 2023-yil iyulida ishga tushirilgan bo‘lib, Instagram bilan integratsiya tufayli tez sur’atda foydalanuvchilarni jalb etgan. Ro‘yxatdan o‘tishda Instagram akkaunti orqali tasdiqlanish talab qilingan va shu orqali foydalanuvchi nomi, bio, surat hamda kuzatuvchilar avtomatik ko‘chirilgan. Foydalanuvchilar bir bosish orqali Instagram’da kuzatayotgan akkauntlarini Threads’da ham kuzata boshlash imkoniga ega bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq WhatsApp messenjeri guruh tarixi funksiyasini ishga tushirgani haqida yozgan edik.

Shuningdek