Oltiariq tumanidagi daraxt ko‘chatlari omborida yong‘in sodir bo‘ldi

eʼlon qilindi
Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan
Foto: Pexels.com

23-fevral kuni Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida joylashgan daraxt ko‘chatlari saqlash omborida yong‘in yuz berdi. Hodisa oqibatida qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Yong‘in haqidagi xabar «112» tizimiga soat 13:24 da kelib tushgan. Hodisa Povirg‘on mahalla fuqarolar yig‘inining Kampikoy ko‘chasidagi muzlatkichli omborda sodir bo‘lgan.

Video: Pressa.uz Telegram kanali

Voqea joyiga Farg‘ona viloyati FVBning 7 ta qutqaruv bo‘linmasi texnikasi jalb etilgan. Qutqaruvchilar manzilga soat 13:30 da yetib borib, yong‘inni soat 13:42 da qurshovga olgan.

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in soat 14:20 da batamom o‘chirilgan. Hozircha yong‘inning kelib chiqish sabablari va ko‘rilgan moddiy zarar miqdori rasman ma’lum qilinmagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Uchtepa tumanidagi qurilish mollari bozorida yong‘in yuz bergani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek