O‘zbekistonliklar yaratgan Windrose o‘yini Steam’da million marta «istaklar ro‘yxati»ga qo‘shildi

23-fevral 2026 20:04 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Epic Games

O‘zbekistonlik dasturchilar tomonidan ishlab chiqilgan Windrose o‘yini Steam platformasida foydalanuvchilar tomonidan bir million marta «istaklar ro‘yxati»ga qo‘shildi. Bu haqda DTF o‘yin portali xabar berdi.

Loyiha muallifi – O‘zbekistondagi Windrose Crew studiyasi. Ishlab chiquvchilar bunday yuqori qiziqish ular uchun katta voqea ekanini bildirib, o‘yin hamjamiyatiga minnatdorlik izhor qilgan.

Hozirda Steam’da o‘yinning bepul demo talqini mavjud bo‘lib, u foydalanuvchilardan juda ijobiy baholar olgan. Demo versiyada bir nechta syujetli topshiriqlar va tadqiq qilish mumkin bo‘lgan orollar taqdim etilgan.

Windrose: Drunken Sailor (2026 Remaster)

Windrose’ning rasmiy chiqish sanasi hozircha e’lon qilinmagan. Biroq ishlab chiquvchilar 25-fevral kuni o‘yinning yangi treyleri namoyish etilishini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, loyiha o‘tgan yil yozida ilk bor taqdim etilgan. Dastlab u bepul MMO va PvP elementlariga ega o‘yin sifatida rejalashtirilgan edi. Keyinchalik konsepsiya o‘zgartirilib, pullik survival janridagi, PvE-koperativ va oflayn sarguzasht rejimlariga ega loyiha shakliga keltirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yangi Toshkentda «boylar shaharchasi» qurilayotgani haqidagi xabarlar rad etilgani haqida yozgandi.

Shuningdek