
Rossiyada 2026-yil boshiga eng arzon mahalliy brend krossoverlari reytingi tuzildi. Bu haqda «Avtonovosti»dnya» nashri xabar bermoqda. Narxlar $21,1 mingdan $30 minggacha oraliqda shakllangan.
Birinchi o‘rinni Moskvich 3 egalladi. Model narxi $21,1 mingdan boshlanadi. Krossover 1,5 litrli 136 ot kuchiga ega turbomotor va mexanik uzatma bilan taklif etiladi. Hatto bazaviy versiyada telematik tizim, o‘rindiqlar isitilishi va iqlim nazorati mavjud.
Ikkinchi pog‘onada Tenet T4 joylashgan. Uning boshlang‘ich narxi $22 mingni tashkil etadi. Kalugada yig‘iladigan model 1,5 litrli 113 ot kuchiga ega atmosfera dvigatel va mexanik quti bilan jihozlangan. Bazada LED optika va orqa kamera mavjud.

Top-3 ro‘yxatini Solaris HC yakunlaydi. Narxi $26,5 mingdan boshlanadi. Aslida bu Hyundai Creta modelining yangi nom ostidagi talqini hisoblanadi. U 1,6 litrli 123 ot kuchiga ega motor va 6 pog‘onali mexanik uzatma bilan taqdim etiladi.
To‘rtinchi o‘rinda XCite X-Cross 7 turibdi. Uning bazaviy versiyasi $26,7 mingdan taklif etilmoqda. Model 147 ot kuchiga ega turbomotor va variator bilan jihozlangan.

Reytingni Tenet T7 yakunlaydi. Ushbu krossover uchun $30 mingdan boshlab narx so‘ralmoqda. U 150 ot kuchiga ega turbomotor va robotlashtirilgan uzatma bilan taqdim etiladi.
Reyting:
| Model | Boshlang‘ich narx |
|---|---|
| Moskvich 3 | $21,1 ming |
| Tenet T4 | $22 ming |
| Solaris HC | $26,5 ming |
| XCite X-Cross 7 | $26,7 ming |
| Tenet T7 | $30 ming |
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri «Volga» brendi ostida qanday avtomobillar ishlab chiqarilishi haqida yozgan edi.