Samarqandda 402 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi

eʼlon qilindi
"O‘zenergoinspeksiya" va gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda qoidabuzarlik fosh etildi
Foto: O‘ZENERGOINSPEKSIYA

Samarqand shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida fuqaroga qarashli novvoyxona tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi. Bu haqda «O‘zenergoinspeksiya» xabar bermoqda.

Qoidabuzarlik holati «O‘zenergoinspeksiya»ning Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi va mahalliy gaz ta’minoti korxonasi vakillari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida aniqlangan. Novvoyxona egasi tegishli ruxsatnomalarsiz gaz tarmog‘iga ulanib olgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, gaz ta’minoti korxonasiga 402,3 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

Foto: O‘ZENERGOINSPEKSIYA

Mazkur holat bo‘yicha hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Yetkazilgan zararning qoplanishi va qoidabuzarga nisbatan ko‘riladigan qonuniy choralar haqida qo‘shimcha ma’lumot berilishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Namanganda sifatsiz benzin sotgan AYOQSh jarimaga tortilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek