Gadjetlar

Samsung Galaxy S26 Ultra 30 daqiqada qancha quvvat oladi

Sinovlar Samsung laboratoriya sharoitida o‘tkazilgan
Samsung Galaxy S26 Ultra 30 daqiqada 75 foizgacha quvvat oladi
Foto: Mezha.media

Samsung Galaxy S26 Ultra yangi 60 vattli tezkor quvvatlash tizimi bilan sinovdan o‘tkazildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon 0 dan 75 foizgacha atigi 30 daqiqada zaryad oladi.

Sinovlar Samsung laboratoriyasi sharoitida o‘tkazilgan. Bu yerda harorat, batareya holati va fon yuklamalari kabi omillar nazorat qilingan. Kundalik foydalanishda natijalar biroz farq qilishi mumkin.

Samsung Galaxy S26 Ultra narxi kutilganidan yuqori bo‘lishi mumkin
Foto: WCCF Tech

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung kompaniyasining yangi Samsung Galaxy S26 Ultra modelining yuqori sifatli rasm va videolari internetga chiqqandi. Tasvirlarda smartfon suv belgilarisiz ko‘rsatilgan.

Galaxy S26 Ultra yangi binafsha rangda namoyish etilgan. Asosiy e’tibor kamera blokiga qaratilgan. Uning dizayni bukiluvchi Galaxy Z Fold7 kamerasiga o‘xshaydi. Old panelda esa tekis va katta displey mavjud. Ramkalar juda ingichka ko‘rinadi.

Galaxy S26 seriyasining rasmiy taqdimoti 25-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan Galaxy Unpacked tadbirida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, savdolar 11-martdan boshlanishi mumkin.