Sankt-Peterburgda bolani qutqargan o‘zbekistonlik «Jasorat» medali bilan mukofotlandi

eʼlon qilindi
Jasorat va fidoyilik namunasi sifatida
Sankt-Peterburgda bolani qutqargan o‘zbekistonlik «Jasorat» medali bilan mukofotlandi / Foto: Ijtimoiy tarmoq

Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgdagi ko‘p qavatli uyning yettinchi qavatidan tushib ketgan bolani qutqargan Ibadullayev Xayrullo Saydullayevichni «Jasorat» medali bilan taqdirladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi ma’lum qildi.

Prezident farmoniga binoan,  36 yoshli o‘zbekistonlik Xayrullo Ibadullayevning jasorati va fidoyiligi «Jasorat» medali bilan munosib mukofotlanadi. U Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida favqulodda vaziyatda o‘z joni va salomatligini xavf ostiga qo‘yib, yuqori qavatdan tushib ketayotgan yosh bolaga amaliy yordam ko‘rsatdi. Bolaning hayoti saqlab qolindi.

Video: 78.ru

Ma’lumot uchun, hodisa Sankt-Peterburgning Petrozavodskaya ko‘chasida sodir bo‘lgan. Bola tokchada planshet o‘ynab o‘tirgan paytda karnizga osilib qolgan. Xayrullo uni ushlab qolib, podyezdga olib kirgan va hushiga kelishi uchun nafas massaji qilgan. Bolaning onasi oshxonada bo‘lgan va o‘g‘li autizmga chalinganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq cho‘kayotgan ayolni qutqarib qolgan profilaktika inspektori muddatidan oldin mayor bo‘lgan edi.

Shuningdek