Yangiliklar

Turkiyaning «Diyonat» fondi Surxondaryoda 900 ta oilaga yordam ko‘rsatdi

Oziq-ovqat mahsulotlari orqali
Turkiyaning «Diyonat» fondi Surxondaryoda 900 ta oilaga yordam ko‘rsatdi / Foto: «Dunyo» AA

Turkiya din ishlari idorasi huzuridagi «Diyonat» fondi Surxondaryo viloyatida yashovchi 900 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaga oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat muruvvat yordamini ko‘rsatdi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

Foto: «Dunyo» AA

Xayriya tadbiri davomida Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi maslahatchisi Mahmut Turk O‘zbekistonda Ramazon oyi o‘ziga xos fayz va tarovat bilan o‘tayotganini alohida ta’kidladi. Uning qayd etishicha, mamlakatda Ramazon udumlari, oilaviy iftorliklar va Qur’on xatmlari keng nishonlanayotgani qardosh xalqlar o‘rtasidagi rishtalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, «Vaqf» va «Diyonat» fondlari o‘rtasidagi hamkorlikni kelgusida boshqa hududlarda ham davom ettirish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston ham G‘azoga yordam paketiga mablag‘ ajratgani haqida xabar bergan edik.