Urganch shahriga 16 ta zamonaviy Asiastar avtobusi olib kelindi

Xorazm viloyatida aholiga ko‘rsatilayotgan jamoat transporti sifatini oshirish doirasida Urganch shahriga Xitoyda ishlab chiqarilgan 16 ta Asiastar rusumli avtobus olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Mazkur harakatlar davlat rahbarining 2023-yil 16-fevraldagi PQ–59-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Asiastar avtobuslari Urganch shahridagi «Opel-Trans» MChJ tomonidan xarid qilingan bo‘lib, ular brutto-shartnoma asosida yo‘nalishlarga joylashtiriladi.

Shuningdek, viloyatning boshqa hududlarida ham jamoat transporti parki yangilanmoqda. Xususan, Qo‘shko‘pir tumanidagi «Zargar Voha Trans» MChJ tomonidan 12 ta, Xonqa tumanidagi «Asil Javohir Bek» MChJ tomonidan esa 5 ta «Jac Sunray» rusumli mikroavtobus olib kelingan. Ushbu mikroavtobuslar shahar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari uchun ajratilgan bo‘lib, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlagan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Buxoroga 25 ta zamonaviy avtobus yetkazilgani haqida xabar bergan edi.