Kino va seriallar

«Uzoq shahar»ning yangi qismida nimalar kutilmoqda

51-qismning barcha tizerlari e’lon qilindi
«Uzoq shahar»ning yangi qismida nimalar kutilmoqda
Foto: Kanal D

Turkiyaning Kanal D telekanalida namoyish etilayotgan «Uzoq shahar» («Uzak Şehir») serialida yangi qism hayajoni davom etmoqda. 51-qismning barcha tizerlari e’lon qilindi. Yangi qismda qarama-qarshiliklar ochiq to‘qnashuvga aylanadi.

Sadakat va Ejmel yuzma-yuz keladi. Ejmel hamda Boran bolani olish uchun qorg‘onga bostirib kiradi. Jihan esa aniq talab qo‘yadi: Kichik Jihan onasiga qaytarilishi kerak, aks holda u «har qadam bosgan joyingizni jahannamga aylantiraman», deya tahdid qiladi.

ETi Browni | Uzak Şehir 51. Bölüm Fragmanı | "Adım attığınız her yer cehenneminiz olur!" @kanald

Jarayonda Jihan Deniz Alyaga qaytadi, ammo Boran bolani olish uchun Alyani aldab olib qochadi va Ejmel bilan birga undan bolaning qayerdaligini bilish uchun qurol bilan qo‘rqitadi. Holatga Jihan aralashib: «Ishing men bilan, Alyani qo‘y», deya o‘zini ularga topshiradi.

ETi Browni | Uzak Şehir 51. Bölüm 2. Fragman | Alya ve Cihan’ın başı belada! 🥺 @kanald

Mazkur qismdagi eng hayajonli sahnalardan biri esa Jihan yana bir marta Alyaning qo‘lini so‘raydi va doim ayoli bo‘lib qolishini aytib, qo‘liga uzuk taqadi. Umuman olganda kelasi qism taraflar o‘rtasidagi ochiq urush bilan boshlanishi kutilmoqda.

Uzak Şehir 51. Bölüm 3. Fragman |  "Sen, benim karımsın Alya!"

«Uzoq shahar» («Uzak Şehir») serialining navbatdagi 51-qismi 23-fevral Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da «Kanal D» telekanalida namoyish etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniyada 2026-yilgi BAFTA mukofotining taqdirlash marosimi o‘tkazilib, yilning eng yaxshi filmlari va aktyorlari aniqlangandi.