
Yangi avlod Volkswagen Tiguan R prototipi sinov vaqtida suratga olindi. Bu haqda Carcoops avtomobil nashri ma’lum qildi.
Model tashqi ko‘rinishda oddiy R-Line talqiniga o‘xshaydi. Seriyali variant global bozorda Toyota RAV4 GR Sport bilan raqobat qiladi. Prototip to‘rt chiqishli haqiqiy sport chiqarish tizimi bilan jihozlangan. R-Line’da odatda dekorativ quvurlar qo‘llanadi, bu yerda esa to‘liq funksional truba qo‘yilgan. Old bamperda radiator uchun kattalashtirilgan havo kirish teshiklari mavjud. Tormoz tizimi ham kuchaytirilgan, kattaroq disk va suporportlar o‘rnatilgan.

Rasmiy texnik ma’lumotlar hali e’lon qilinmagan. Kutilishicha, model 2,0 litrli EA888 turbomotor bilan jihozlanadi. Bu agregat Golf R’nikiga o‘xshash bo‘lib, quvvati taxminan 330 ot kuchini tashkil etadi. Dvigatel 7 pog‘onali DSG robot uzatmasi va 4Motion to‘liq g‘ildirakdan tortish tizimi bilan ishlashi kutilmoqda.



Yangi Tiguan R’ning rasmiy premyerasi joriy yil oxirigacha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Sport krossover yuqori dinamika va agressiv dizayni bilan segmentda jiddiy raqobat yaratishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Volkswagen Transporter Sportline qanday imkoniyatlar bilan chiqqani haqida yozgan edi.