
WhatsApp foydalanuvchilarga xabarlarni avtomatik yuborish imkonini beruvchi yangi funksiyani ishlab chiqmoqda. Ushbu imkoniyat individual va guruh chatlarida amalga oshiriladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, iOS uchun WhatsApp’ning 26.7.10.72 beta versiyasida aniqlangan yangi funksiya ehtimol Scheduled Messages (Rejalashtirilgan xabarlar) deb nomlanadi. Foydalanuvchi xabar yozadi va uni qaysi sana va vaqtda yuborilishini oldindan belgilashi mumkin.

Rejalashtirilgan xabarlar chat ma’lumotlari ekranida «Scheduled Messages» bo‘limida ko‘rsatiladi. Foydalanuvchilar yuborilishidan oldin bu xabarlarni o‘chira olishadi. Guruh chatlari uchun funksiyaning ishlashini ko‘rsatadigan skrinshot mavjud bo‘lsa-da, individual chatlarda ham xabarlarni rejalashtirish imkoniyati mavjud bo‘lishi kutilmoqda.
Hozircha Scheduled Messages funksiyasi ishlab chiqish bosqichda bo‘lib, beta foydalanuvchilarda ham mavjud emas. Shu sababli, uning rasmiy jamoatchilikka chiqarilishi hali kafolatlanmagan va rejalarda o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq WhatsApp messenjeri guruh tarixi funksiyasini ishga tushirgan edi.