Gadjetlar

110 dollarlik Vivo Y05 smartfoni taqdim etildi — foto

Katta batareya bilan
110 dollarlik Vivo Y05 smartfoni taqdim etildi / Foto: Vivo

Vivo kompaniyasi o‘zining eng arzon smartfonlaridan biri – Vivo Y05 modelini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida xabar berdi.

Foto: Vivo

Ushbu model atigi $110 turadi, ammo katta sig‘imli batareya va uzoq muddat ishlash imkoniyatiga ega. Qurilmaning batareyasi 6500 mA/soat sig‘imga ega bo‘lib, quvvatlash 15 vatt bilan amalga oshiriladi. HD+ ekran va kam quvvatli platforma ham telefonning uzoq ishlash muddatini ta’minlaydi.

Foto: Vivo
Foto: Vivo

Vivo Y05 6,74 dyuymli 720p rezolyutsiyali displeyga ega bo‘lib, 120 Gts yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilmaning asosida Unisoc T7225 protsessori ishlaydi, shuningdek, 4 GB RAM va 64 yoki 128 GB flesh-xotira mavjud.

Foto: Vivo

Shu bilan birga, Y05 modeli IP65 himoyasiga ega bo‘lib, bu narx segmentida kam uchraydigan xususiyat hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vivo V60 Lite 4G smartfoni yangilangan versiyada taqdim etilgan edi.