Yangiliklar

200 nafar o‘zbekistonlik Turkiyadagi Akkuyu AESda ish boshladi

Ular asosan Namangan viloyatidan bo‘lgan elektromontyorlar, payvandchilar va qolip ustalaridir
200 nafar o‘zbekistonlik Turkiyadagi Akkuyu AESda ish boshladi
Foto: Pexels

Turkiyaning Akkuyu atom elektr stansiyasi qurilishida qariyb 200 nafar O‘zbekiston fuqarosi ish boshladi. Bu haqda Migratsiya agentligi ma’lum qildi.

Ular asosan Namangan viloyatidan bo‘lgan elektromontyorlar, payvandchilar va qolip ustalaridir. Bandlik Migratsiya agentligining hududiy filiali hamda Turkiyaning ATAMER Holding kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan. Ishchilarga maosh va ijtimoiy kafolatlar ta’minlangan.

O‘zbekiston tomoni vakillari qurilish maydoniga borib, vatandoshlarning mehnat va yashash sharoitlarini o‘rgangan.

Mutaxassislarni qabul qilish jarayoni davom etmoqda. Ishlash istagida bo‘lganlar +99(869)227-97-27 va +99(869)227-94-64 telefon raqamlariga murojaat qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri xorijga ishlash uchun to‘lov qilgan fuqarolarga mablag‘ qaytarilishi haqida yozgan edi.