Gadjetlar

540 dollarlik iQOO 15R smartfoni taqdim etildi

Hindiston bozori uchun
540 dollarlik iQOO 15R smartfoni taqdim etildi / Foto: iQOO

iQOO Hindiston bozori uchun yangi subflagman – iQOO 15R smartfonini rasman namoyish qildi. Qurilma ilg‘or o‘yin imkoniyatlariga urg‘u berilgan model sifatida talqin qilinmoqda.

Texnik xususiyatlari

Smartfon 6,59 dyuymli OLED displeyga ega bo‘lib, 2750×1260 pikselli ruxsat va 144 Gts yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Ichida Snapdragon 8 Gen 5 protsessori o‘rnatilgan.

Xotira variantlari:

  • 8 yoki 12 GB LPDDR5X Ultra tezkor xotira;
  • 256 yoki 512 GB UFS 4.1 doimiy xotira.

Batareya sig‘imi 7600 mA·soat bo‘lib, 100 Vt tezkor quvvatlashni qo‘llaydi.

Kamera tizimi:

  • 50 MP asosiy sensor (Sony LYT-700V, OIS);
  • 8 MP keng burchakli kamera;
  • 32 MP old kamera.

Aloqa imkoniyatlari qatoriga 5G, Wi-Fi 7, Bluetooth 6, GPS (L1+L5) kiradi. Qurilma Android 16 asosidagi Origin OS 6.0 bilan ishlaydi va 4 yil Android yangilanishlari va’da qilingan.

O‘yinlar uchun maxsus imkoniyatlar

iQOO 15R ichiga maxsus Q2 chipi o‘rnatilgan bo‘lib, u o‘yinlarda tasvir aniqligini oshirish va kadrlar sonini 144 fps’ga yaqinlashtirish imkonini beradi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, og‘ir o‘yinlar bir soat davomida o‘ynalganda ham o‘rtacha 119 fps ko‘rsatkich saqlanib qoladi.

Hindistonda oldindan buyurtmalar allaqachon boshlangan. 8/256 GB talqini 45 ming rupiy (taxminan $540 atrofida) narxda taklif qilinmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S26 Plus sotuvga chiqqani haqida yozgandi.