Avto

BYD 1360 kVtli megavatt quvvatlagichlarni joriy qildi

Yangi infratuzilma elektromobillarni benzin quyish tezligiga yaqin darajada quvvatlashni maqsad qilgan
BYD 1360 kVtli megavatt quvvatlagichlarni joriy qildi
Foto: The Drivin

BYD Megawatt Flash Charging tizimini keng ko‘lamda joriy etish uchun 1360 kVtli megavatt quvvatlagichlarni joriy qildi. Bu haqda CarNewsChina xabar berdi.

Yangi infratuzilma elektromobillarni benzin quyish tezligiga yaqin darajada quvvatlashni maqsad qilgan. BYD’ning megavattli quvvatlagichi boshqa ultra-tezkor stansiyalardan farq qiladi. Qurilma «T» shaklida ishlab chiqilgan va ko‘k rangda bezatilgan. Unda ikki tomondan osilgan ikkita kabel mavjud. Bu kabel uzunligi va og‘irligi bilan bog‘liq muammolarni hal qiladi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bu yengil avtomobillar uchun ommaviy ishlab chiqarilgan ilk to‘liq suyuqlik bilan sovitiladigan megavatt darajasidagi quvvatlash tizimi hisoblanadi.

Foto: Weibo

Tizim uchta «ming» ko‘rsatkichga ega: 1000V kuchlanish, 1000A tok va 1000 kVt quvvat. Eng yuqori chiqish quvvati 1360 kVtni tashkil etadi.

BYD ta’kidlashicha, quvvatlash tezligi «1 soniyada 2 kilometr» darajasida. Ya’ni 5 daqiqada taxminan 400 km yurish zaxirasi qo‘shiladi.

Uzoq muddatli yuqori quvvatni ta’minlash uchun kabel va qurilma suyuqlik bilan sovitish tizimi bilan jihozlangan. Shuningdek, ikki «pistoletli» quvvatlash texnologiyasi mavjud. U bir vaqtning o‘zida ikki kabel orqali quvvatni oshirish imkonini beradi.

Stansiya «peak shaving» va «valley filling» funksiyalariga ega. Bu tizim arzon vaqtda elektrni yig‘ib, talab yuqori paytda tarmoqqa yukni kamaytiradi va 1 MVt quvvatni barqaror ushlab turadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri BYD Denza B8 elektromobili xavfsizlik sinovidan o‘tkazilgani haqida yozgan edi.