
Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida aksizsiz 2,4 ming quti tamaki olib o‘tgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.
Departamentning Rishton tumani bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan tadbir davomida fuqaro A.J. 2 480 quti «Oris Change» nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini olib o‘tayotgan vaqtda ushlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, u mahsulotni «Qalaynova» MFY hududidagi O‘zbekiston bilan Qirg‘iz Respublikasi o‘rtasidagi chegara qismini kesib o‘tuvchi ariqlardan biri orqali mamlakat hududiga olib kirgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Toshkent viloyatida 7,5 ming quti noqonuniy tamaki musodara qilingani haqida yozgan edi.