Yangiliklar

Fevral oyida 7 mingdan ortiq yo‘lovchilarning yo‘l haqi to‘lamagani aniqlandi

Jarima miqdori 41 200 so‘m
Fevral oyida 7 mingdan ortiq yo‘lovchilarning yo‘l haqi to‘lamagani aniqlandi / Foto: Transport vazirligi

Joriy yilda Toshkent shahrida avtobuslarda yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarga nisbatan nazorat tadbirlari davomida 18 655 ta qoidabuzarlik aniqlandi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlikka ko‘ra, aniqlangan qouidabuzarliklar yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasiga asosan bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Foto: Transport vazirligi

2026-yil yanvar oyi davomida avtobuslarda chiptasiz yurgan yo‘lovchilarga nisbatan 11,5 mingta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va jarimalar qo‘llanilgan edi. Fevral oyining o‘zida 7 153 nafar yo‘lovchi qoidabuzarligi aniqlanib, ularga ma’muriy choralar qo‘llanildi.

Ma’lumot uchun, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasiga binoan, transportda chiptasiz yurgan yo‘lovchilarga BHMning o‘ndan bir qismi miqdorida (hozirda 41,2 ming so‘m) jarimaga solinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda taroveh namozi vaqtida bir qator avtobuslar yo‘nalishi o‘zgartirilishi haqida xabar bergan edik.