Avto

GM yo‘nalishi kengaymoqda: kompaniya litiy koniga $1,6 mlrd yo‘naltiradi

Kon yiliga 1 mln dona elektromobil ishlab chiqarish uchun yetarli xomashyo yetkazib berishi kutilmoqda
GM yo‘nalishi kengaymoqda: kompaniya litiy koniga $1,6 mlrd yo‘naltiradi
Foto: Depositphotos

General Motors (GM) elektromobillar strategiyasini kengaytirmoqda. GMAutority nashrining qayd etishicha, kompaniya qo‘llab-quvvatlashi kutilayotgan Thacker Pass litiy konining birinchi bosqichi $1,3 mlrd–$1,6 mlrd oralig‘ida baholanmoqda.

Loyiha Nevada shtatida joylashgan bo‘lib, GM va Lithium Americas o‘rtasidagi qo‘shma korxona hisoblanadi. Qurilish 2027-yil oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilgan.

1-bosqich uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri qurilish xarajatlari $1,2–$1,5 mlrdni tashkil etadi. Qo‘shimcha ravishda $30–$40 mln rivojlantirish xarajatlari va $45–$55 mln kredit foizlari ham inobatga olingan.

Foto: GMAutority

Kompaniya maqsadi — ichki litiy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va xorijiy yetkazib beruvchilarga qaramlikni kamaytirish. To‘liq quvvatga chiqqach, kon yiliga 1 mln dona elektromobil ishlab chiqarish uchun yetarli xomashyo yetkazib berishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangi Gentra 2026 O‘zbekistonda ishlab chiqarilmasligi haqida yozgan edi.