Markaziy bank yana uchta mikromoliya tashkilotini reyestrga kiritdi

Markaziy bank Boshqaruv qarori bilan yangi MChJlarni mikromoliya faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestriga kiritdi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, quyidagi MChJlar mikromoliya tashkilotlari reyestriga kiritildi:
- Olmos Finance;
- Oson Moliya;
- Prime Sarmoya.
Endilikda ushbu kompaniyalar mikromoliya faoliyatini amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.
Bundan avval ham Markaziy bank Fincom Invest mikromoliya tashkiloti, Vafo moliya va Qanot Finans mikromoliya tashkilotini mikromoliya tashkilotlari reyestriga kiritgandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda mikromoliya tashkilotlariga islomiy moliya xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berilgan. Yangi tartibga ko‘ra, tashkilotlar faoliyatida zaxira fondlarini shakllantirish, aktivlar sifatini baholash hamda umidsiz qarzlarni hisobdan chiqarish tartiblari aniq belgilandi. Shuningdek, ularning kapital yetarliligi jami xususiy kapitalning jami aktivlarga nisbati orqali hisoblanadi va bu koeffitsiyent 10 foizdan kam bo‘lmasligi shart etib belgilandi.