Avto

Nissan uchinchi avlod Leaf’ning asosiy modelini chiqarishni kechiktirdi

O‘zgaruvchan vaziyatni doimiy baholash asosida
Nissan uchinchi avlod Leaf’ning asosiy modelini chiqarishni kechiktirdi / Foto: Nissan

Bozor sharoitlaridagi o‘zgarishlar sababli Nissan uchinchi avlod Leaf elektromobilining asosiy konfiguratsiyasini bu yil AQSh bozoriga chiqarishni kechiktirdi. Bu haqda ITHome nashri xabar berdi.

Asosiy model 52 kVt/soatlik batareya va 174 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan. Shu bilan birga, 2026-yilgi Leaf S+ modeli 75 kVt/soatlik batareya va 214 ot kuchiga ega dvigatelga ega bo‘lib, boshlang‘ich narxi $29 990 ni tashkil etadi.

Nissan bayonotida ta’kidlanishicha, qaror bozor tendensiyalari, mijozlar afzalliklari va elektromobillar bozoridagi o‘zgaruvchan vaziyatni doimiy baholash asosida qabul qilingan. Maqsad resurslarni samarali yo‘naltirishdan iborat.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nissan 7 o‘rinli Gravite modelini arzon narxda taqdim etgan edi.