Gadjetlar

OnePlus 15T smartfoni tez orada taqdim etiladi

Xitoy bozorida
OnePlus 15T smartfoni tez orada taqdim etiladi / Foto: Pocket-lint

OnePlus kompaniyasi yangi OnePlus 15T smartfonini rasman tasdiqladi va uning tez orada taqdim etilishini e’lon qildi. Bu haqda GSMArena nashri xabar berdi.

Weibo’dagi postda OnePlus Community Manageri Shuai Lan qurilmaning yaqin vaqt ichida Xitoy bozorida taqdim etilishini ma’lum qildi. OnePlus 15T ixcham dizaynga ega bo‘lib, kichik ekranli smartfonlarni afzal ko‘radigan foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan.

Foto: Mobilab

Qurilmaning texnik xususiyatlariga ko‘ra, u Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori bilan jihozlangan bo‘lib, o‘z sinfidagi eng katta batareyaga ega bo‘ladi va simsiz quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. OnePlus 15T taxminan 6,32 dyuymli AMOLED displeyga ega bo‘lib, 1,5K rezolyutsiyasini taqdim etadi.

Orqa kamerasi 50MP asosiy sensor va 50MP telefoto sensordan iborat ikkita moduldan tashkil topgan, old kamerasi esa 16MP. Telefonning vazni 194 grammni tashkil etadi. OnePlus 15T Healing White Chocolate (oq shokolad), Pure Cocoa (sof kakao) va Relaxing Match (yengil matcha) kabi uch xil rang variantida sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan. Smartfon taxminan $720 – $900 atrofida narxlanishi kutilmoqda.

Foto: OnePlus

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OnePlus yangi Turbo 6 va Turbo 6V smartfonlarining taqdimot sanasini ma’lum qilgan edi.