Pavel Durovga nisbatan jinoiy ish ochilgani aytilmoqda

eʼlon qilindi
Nashr maqolasida Telegram platformasi tahdid vositasi sifatida baholanadi
Pavel Durovga nisbatan jinoyat ishi ochilgani ma’lum qilindi
Foto: Durov Instagram sahifasi

Rossiyada Telegram asoschisi Pavel Durovga nisbatan jinoyat ishi doirasida tekshiruv olib borilayotgani haqida rasmiy ma’lumot e’lon qilindi. Bu haqda «Rossiyskaya gazeta» hukumat materiallariga tayangan holda xabar berdi.

Qayd etilishicha, Durovning harakatlari Rossiya Jinoyat kodeksining 205.1-moddasi 1.1-qismi, ya’ni terrorchilik faoliyatiga ko‘maklashish alomatlari bo‘yicha o‘rganilmoqda.

Nashr maqolasida Telegram platformasi tahdid vositasi sifatida baholanadi. Rasmiylar messenjer noqonuniy kontent tarqalishiga yetarli darajada chek qo‘ymaganini ta’kidlamoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yildan buyon Telegram orqali sodir etilgan jinoyatlar 153 mingdan oshgan. Ulardan 33 mingga yaqini terrorchilik va ekstremistik yo‘nalishga mansub ekani aytiladi. Shuningdek, 475 ta rejalashtirilgan teraktning oldi olingani ma’lum qilingan.

Rossiya tomoni Telegram rahbariyatiga bir necha bor noqonuniy kontentni o‘chirish bo‘yicha murojaat yo‘llaganini bildiradi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, 150 mingdan ortiq so‘rov yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Rossiyada Telegram qariyb $140 ming jarimaga tortilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek