
Shavkat Mirziyoyev President Tech Awards tanlovining umumiy mukofot jamg‘armasini $5 mlnga yetkazish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda Aziza Qurbonova Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Davlat rahbari bu qaror startaplarni qo‘llab-quvvatlash va yosh dasturchilarni rag‘batlantirish maqsadida qabul qilinganini ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, shu kungacha tanlov jamg‘armasi $1 mln edi. Avval 1-o‘rin sohiblari $100 ming, 2-o‘rin $50 ming, 3-o‘rin esa $25 ming miqdorida mukofot olardi.
Yangi qaror tanlov imkoniyatlarini kengaytiradi va texnologik startaplar uchun rag‘batni yanada oshiradi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Islom sivilizatsiya markazi qachon to‘liq ochilishi haqida yozgan edi.