Qay biri yaxshi: Samsung Galaxy S26 Ultra kamerasi S25 Ultra bilan taqqoslandi

24-fevral 2026 11:36 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Qay biri yaxshi: Samsung Galaxy S26 Ultra kamerasi S25 Ultra bilan taqqoslandi
Foto: Sahil Karoul

Samsung Galaxy S26 Ultra smartfoni sotuvga chiqishi ortidan uning kamerasi avvalgi Galaxy S25 Ultra modeli bilan taqqoslandi. Bloger Sahil Karoul yangi qurilmani mahalliy elektronika bozoridan sotib olib, ikkala modelning suratga olish imkoniyatlarini solishtirdi.

Foto: Sahil Karoul

Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilarning fikrlari turlicha bo‘ldi, biroq ko‘pchilik natijalardan norozi ekanini bildirdi. Ayniqsa, tungi suratga olishda va zum rejimida shovqinlar ko‘pligi tanqid qilinmoqda. Ko‘pchilik yangi modelda katta o‘zgarish yoki «wow-effekt» yo‘qligini, kamera imkoniyatlari deyarli avvalgi avlod darajasida qolganini aytmoqda.

Foto: Sahil Karoul

Yangi avlodning asosiy yangiliklaridan biri sifatida Privacy Display funksiyasi ko‘rsatilmoqda. Bu funksiya ekran ma’lumotlarini yon tomondan qarayotganlardan yashirishga yordam beradi va ikki xil rejimda ishlaydi.

Foto: Sahil Karoul

Ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung Galaxy S26 Ultra’ning ilk partiyasi allaqachon Dubayda sotuvga chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sahil Karoul Galaxy S26 Ultra smartfonini rasmiy anonsdan ikki kun oldin sotib olganini va sinovdan o‘tkazganini ma’lum qilgandi. U qurilma uchun $3,3 ming to‘lagan, bu esa taxminiy rasmiy narxdan deyarli ikki baravar qimmat.

Shuningdek