
Texnobloger Sahil Karoul Samsung’ning yangi flagmani — Galaxy S26 Ultra smartfonini rasmiy anonsdan ikki kun oldin sotib olganini ma’lum qildi.
U qurilma uchun $3,3 ming to‘lagan, bu esa taxminiy rasmiy narxdan deyarli ikki baravar qimmat.
Bloger smartfonni bir nechta benchmark sinovlaridan o‘tkazgan va yuqori unumdorlik natijalarini ko‘rsatganini aytgan. Qurilma yangi avlod flagmanlariga xos kuchli ishlash ko‘rsatkichlarini namoyish etgan.
Shuningdek, ma’lum bo‘lishicha, S-Pen stilusi yana Bluetooth funksiyasini qo‘llab-quvvatlamaydi. Avvalgi modelda ham shu holat kuzatilgan, garchi undan oldingi Ultra versiyalarida bu imkoniyat mavjud bo‘lgan.
Karoul Privacy Display funksiyasini ham sinovdan o‘tkazgan. Ushbu rejim yoqilganda ekran ko‘rish burchaklari sezilarli darajada torayadi va atrofdagilar displeydagi ma’lumotni ko‘ra olmaydi.
Galaxy S26 liniyasi rasman ertaga, 25-fevral kuni taqdim etilishi kutilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S26 Plus sotuvga chiqqani haqida yozgandi.
