Gadjetlar

Tenku 8-dyuymli netbukini taqdim etdi

Pocket 8 Yaponiya bozorida $710 narxda sotuvga chiqarilgan
Foto: Tenku

Ixcham noutbuklarni yoqtiradiganlar uchun yangi qurilma paydo bo‘ldi. Tenku brendi 8-dyuymli displeyga ega Pocket 8 modelini namoyish etdi.

Model 8 dyuymli Full HD (1080p) sensorli displey bilan jihozlangan. Qurilma 360° bukiladigan konstruksiyaga ega bo‘lib, uni planshet sifatida ham ishlatish mumkin.

  • Protsessor: Intel Core i3-N305 (8 yadro)
  • Tezkor xotira: 16 GB
  • Doimiy xotira: 512 GB SSD
  • Og‘irligi: 658 g
  • Batareya: 3800 mA/soat (taxminan 6 soat ishlash)
Foto: Tenku

Kichik o‘lchamlarga qaramay, Pocket 8 to‘liq portlar to‘plamiga ega:

  • 2 × USB 3.2
  • Mini-HDMI
  • USB-C
  • microSD kartasi uchun slot

Tenku Pocket 8 Yaponiya bozorida $710 narxda sotuvga chiqarilgan. Pocket 8 – sayohat qiluvchilar, talabalar va doimiy harakatda bo‘ladigan foydalanuvchilar uchun mos, ixcham va ko‘p funksiyali netbuk bo‘lib, oddiy ishlardan tashqari planshet sifatida ham qulay ishlaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Asus ExpertBook B3 G2 noutbuki yangi protsessorlar bilan taqdim etilgani haqida yozgandi.