Avto

Toyota RAV4 gibrid avtomobilini taqdim etdi — foto

RAV4 ikki ta yuqori komplektatsiyada taqdim etilgan
Toyota 2026-yilgi RAV4 modelining quvvatlanadigan gibrid versiyasini Yaponiyada rasman namoyish qildi.
Foto: Top Gear

Toyota 2026-yilgi RAV4 modelining quvvatlanadigan gibrid versiyasini Yaponiyada rasman namoyish qildi. Yangi model oddiy o‘z-o‘zidan quvvatlanadigan gibridga muqobil sifatida taklif etiladi.

Krossover 2,5 litrli dvigatel asosidagi gibrid tizim bilan jihozlangan. Umumiy quvvati 329 ot kuchini tashkil etadi. Bu yangi RAV4 uchun eng kuchli kuch qurilmasi hisoblanadi.

Foto: Toyota
Foto: Toyota

Model to‘liq elektr rejimida 150 km masofa bosib o‘ta oladi. Shuningdek, ikki yo‘nalishli energiya uzatish tizimi mavjud. Bu orqali avtomobil tashqi elektr qurilmalarini ham quvvatlay oladi.

RAV4 ikki ta yuqori komplektatsiyada taqdim etilgan. Har ikkisi ham to‘liq privod tizimiga ega. Z komplektatsiyasi narxi $38,5 mingni tashkil etadi. GR Sport versiyasi esa $40 mingdan taklif etilmoqda.

Kursiv Uzbekistan nashri yangi Toyota RAV4 uchun noodatiy zavod tyuningi taqdim etilgani haqida yozgan edi.