Yangiliklar

Uch yilga 7 foizli ssuda: «Yangi avlod tadbirkorlari» dasturi boshlanadi

Har yili «Yosh tadbirkorlar» tanlovi o‘tkaziladi
Fevral oyi pensiya puli qachon to‘lanadi
Foto: ijtimoiy tarmoq

Garvard, Stenford va London iqtisodiyot maktabi kabi nufuzli oliygohlar tajribalari asosida «Yangi avlod tadbirkorlari» dasturi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan muloqotida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, Yoshlar ishlari agentligiga kamida 40 ming nafar yoshni biznes asoslariga o‘qitish topshirildi. Dastur doirasida eng yaxshi 1 ming nafar bitiruvchining loyihasiga uch yil muddatga 200 mln so‘mgacha 7 foizli ssuda ajratiladi.

Har yili «Yosh tadbirkorlar» tanlovi o‘tkaziladi. Eng yaxshi 100 ta loyiha brendga aylantiriladi va «Yoshlar venchurs» jamg‘armasidan 1 mlrd so‘mgacha mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlanadi.

Banklar bittadan konsalting kompaniya tashkil etib, joriy yilda 50 ming yosh tadbirkorga biznes reja tayyorlashda yordam beradi. Ularning xarajatlari qoplanadi. Yirik savdo tarmoqlari vakillari va mutaxassislar jalb etilib, kamida 20 ming yosh tadbirkorlikka o‘qitiladi.

1-martdan boshlab yangi ish boshlayotgan yosh tadbirkorlarning infratuzilmaga ulanish bilan bog‘liq davlat xizmatlari xarajatlari ham Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasi hisobidan qoplab beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda har haftaning payshanba kuni Yoshlar kuni etib belgilangani haqida xabar berilgandi.