«Volontyorlikni qo‘llab-quvvatlash» jamg‘armasi tashkil etiladi
eʼlon qilindi
Mamlakatda volontyorlar soni 100 mingdan oshdi

O‘zbekistonda «Volontyorlikni qo‘llab-quvvatlash» jamg‘armasi tashkil etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev va yoshlar uchrashuvida qayd etildi. Mamlakatda volontyorlar soni 100 mingdan oshdi.
Jamg‘armaga har yili budjetdan 20 mlrd so‘m ajratiladi. Bundan tashqari, viloyat hokimlari mahalliy budjetdan 3 mlrd so‘mdan mablag‘ yo‘naltiradi.
Mazkur mablag‘lar hisobidan volontyorlik loyihalariga 100 mln so‘mgacha grant beriladi. Ko‘ngilli yoshlar uchun «ijtimoiy faollik kartasi» joriy etiladi.
Ularning ekologiya, ijtimoiy himoya, tibbiyot, ta’lim va jamoat xavfsizligidagi ishtirokiga qarab ball berib boriladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri eng yaxshi 40 ta startapga 2 mlrd so‘m ajratilishi haqida yozgan edi.