Yangiliklar

Volvo 40 mingta elektromobilni qaytarib oladi

Ushbu qarori ortidan Stokgolm birjasida Volvo aksiyalari 4 foizga pasaydi
Foto: The Independent

Shvetsiyaning Volvo kompaniyasi akkumulyatorlarning yonib ketish ehtimoli tufayli 40 ming dona EX30 rusumli flagman elektromobillarini bozorlardan qaytarib olishini e’lon qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Akkumulyatorlar bilan bog‘liq ushbu muammo Volvo o‘zining bosh kompaniyasi sanalgan Xitoyning Geely korporatsiyasi bilan integratsiyani chuqurlashtirish va xarajatlarni $1,9 mlrdga tejashga harakat qilayotgan bir davrga to‘g‘ri keldi. Bozordagi xavotirlar fonida, dushanba kuni Stokgolm fond birjasida o‘tkazilgan savdolarda Volvo aksiyalari qiymati 4 foizga arzonlashdi.

Foto: insurancejournal.com

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Geely hamkori 40% tejamkor gibrid dvigatelni taqdim etgani haqida xabar bergan edi.