Avto

Xiaomi SU7 yangi qizil rangda chiqadi

Kompaniya rahbari Ley Jun avtomobil taqdimoti 2026-yil apreliga rejalashtirilganini tasdiqladi
Xiaomi SU7 yangi qizil rangda chiqadi
Foto: Xiaomi

Xiaomi kompaniyasi yangilangan Xiaomi SU7 modelini yangi rangda namoyish qildi. IT Home’ga ko‘ra, kompaniya rahbari Ley Jun avtomobil taqdimoti 2026-yil apreliga rejalashtirilganini tasdiqladi.

Yangi rang blazing red, ya’ni yonib turgan qizil deb nomlanadi. U to‘q, vino tusiga yaqin va yorug‘likka qarab o‘zgarib turadi. Kuzov bo‘yog‘ida toza qizil pigment va mayda metall zarrachalar ishlatilgan. Shu sababli avtomobil sirtida uch o‘lchamli yaltiroq effekt hosil bo‘ladi.

Foto: Xiaomi

Keyinchalik Xiaomi Auto bo‘limi avtomobilning turli rakurslardagi rasmlarini ham e’lon qildi. Kompaniya vakillari bu rangni «yangi yilning birinchi haqiqiy qizili» deb atab, u tong shafag‘ining yorqinligidan ilhomlanganini ta’kidladi.

Yangi Xiaomi SU7 savdosi 2026-yil aprel oyida boshlanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yangi Xiaomi SU7 avtomobili 902 km yurish masofasiga ega bo‘lishi haqida xabar berilgandi. Model uchun oldindan buyurtmalar boshlangan. U uchta talqinda taklif qilinmoqda. Narxlar $32,8 mingdan $44,3 minggacha bo‘lgan oraliqni tashkil etadi.