Yangiliklar

Yangi Gentra ishlab chiqariladimi, Islom sivilizatsiya markazi qachon ochiladi — 24-fevral kuni e’lon qilingan muhim yangiliklar

Muhim yangiliklar Kursiv Uzbekistan dayjestida
Metroda harakat xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jarima, Davaktivga yangi rahbar — hafta davomida e’lon qilingan yangiliklar Metroda harakat xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jarima, Davaktivga yangi rahbar — hafta davomida e’lon qilingan yangiliklar Kursiv Uzbekistan dayjestida
Foto: Uzbekistan travel

Yangi Gentra 2026 O‘zbekistonda ishlab chiqariladimi, Islom sivilizatsiya markazi qachon to‘liq ochiladi — 24-fevral kuni e’lon qilingan muhim yangiliklar Kursiv Uzbekistan dayjestida.

Bolalar ombudsmani Fargʻonadagi 62 nafar bola zaharlanishi bo‘yicha tekshiruv boshladi

21-fevral kuni bir nechta bog‘cha tarbiyalanuvchilari viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga tana haroratining ko‘tarilishi, holsizlik, ko‘ngil aynishi va ich ketishi kabi alomatlar bilan murojaat qilgan. Shifokorlar ko‘rigidan so‘ng ularga o‘tkir diareya, alimentar etiologiya tashxisi qo‘yilgan. Hozirda 62 nafar bola statsionar sharoitda davolanmoqda. Shifokorlar ularning ahvolini qoniqarli deb baholamoqda.

2026-yilning yanvar – fevral oylarida ikkita yangi gaz-kondensat koni ochildi

2026-yilning yanvar–fevral oylarida ikkita yangi gaz-kondensat koni ochildi
Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishdi.

Geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish va uglevodorod zaxiralarini ko‘paytirish yuzasidan 2026/2027-yillarda qator hududlarda yangi maydonlarda qidiruv ishlarini kuchaytirish, 3D seysmik-qidiruv hajmlarini kengaytirish hamda quduqlarni qurilish bilan yakunlash rejalari belgilangan. Joriy yil yanvar – fevral oylarida ikkita yangi gaz-kondensat koni ochilgani ma’lum qilindi.

Fevral oyida 7 mingdan ortiq yo‘lovchilarning yo‘l haqi to‘lamagani aniqlandi

Fevral oyida 7 mingdan ortiq yo‘lovchilarning yo‘l haqqi to‘lamagani aniqlandi
Foto: Transport vazirligi

Joriy yilda Toshkent shahrida avtobuslarda yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarga nisbatan nazorat tadbirlari davomida 18 655 ta qoidabuzarlik aniqlandi. Bu haqda Transport vazirligiga ko‘ra, aniqlangan qouidabuzarliklar yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasiga asosan bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Islom sivilizatsiya markazi qachon to‘liq ochiladi

Islom sivilizatsiya markazi qachon to‘liq ochiladi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Toshkentdagi Islom sivilizatsiya markazi 19 – 21-mart kunlari to‘liq ochiladi. Shavkat Mirziyoyev ushbu maskan har bir o‘zbekistonlik uchun muhim ma’naviy manba bo‘lishini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, markazga tashrif buyurgan inson buyuk ajdodlarimiz merosi va millatimiz kimligi haqida chuqur tasavvurga ega bo‘ladi.

Yangi Gentra 2026 O‘zbekistonda ishlab chiqariladimi

Yangi Gentra 2026 O‘zbekistonda ishlab chiqariladimi
Foto: You Tube / Fototahrir: Kursiv Uzbekistan

Ijtimoiy tarmoqlarda yangi Gentra 2026 avtomobiliga oid tasvirlar tarqaldi. Kursiv Uzbekistan «O‘zavtosanoat» AJ matbuot xizmatida so‘rov yubordi.

«Lacetti (Gentra) rusumidagi avtomobillarni ishlab chiqarish 2024-yilda to‘xtatilgan bo‘lib, mazkur modelni qayta ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmagan», – deya ta’kidladi kompaniya Kursiv Uzbekistan so‘roviga javoban.

Dollar tushdi: 25-fevral uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

молодежный бизнес
Foto: Pexels

25-fevral uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 48,45 so‘mga tushib, 12 190 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 73,02 so‘mga tushib, 14 366,84 so‘mni, rubl 0,01 so‘mga pasayib, 159,09 so‘mni tashkil etdi.

Bolani qutqargan O‘zbekiston fuqarosiga 1 million rubl berildi

Foto: RT

Sankt-Peterburgda derazadan qulab tushgan bolani tutib qolgan 36 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Xayrullo Ibadullayev 1 mln rubl mukofot puli berildi. U Tigran Keosayan nomidagi mukofot bilan taqdirlandi.

O‘zbekistonlik migrant mukofot pulini O‘zbekistonga yuborishini, mablag‘ uy qurish va otasining davolanishi uchun sarflanishini ta’kidladi. Uning to‘rt nafar qizi bor bo‘lib, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga to‘rt oy avval ishlash maqsadida kelgan.

Asr revanshi qaytmoqda: Meyvezer va Pakyao sentabrda ringga chiqadi

Foto: BBC

48 yoshli amerikalik bokschi Floyd Meyvezer to‘qqiz yillik tanaffusdan so‘ng professional sportga qaytib, sentabr oyida Menni Pakyao bilan revansh jangini o‘tkazadi. Bellashuv Las-Vegas shahridagi yangi Sphere arenasida bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Qibray tumanida hokim yordamchisi 10 ming dollar bilan ushlandi

Foto: Telegram-kanal / xavfsizlik_uz

Toshkent viloyati Qibray tumanida hokim yordamchisi davlat zaxirasidagi yerni olib berish evaziga $10 ming olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Mahallabay ishlash tizimida faoliyat yurituvchi hokim yordamchisi MFY binosi yonidagi 4 sotix yerni xaridor nomiga o‘tkazib berishni va’da qilgan. Buning uchun u hokimlikdagi tanishlari orqali arxiv hujjatlariga soxta ma’lumotlar kiritishni rejalashtirgan va xizmati evaziga $50 ming so‘ragan.

Turkiyalik firibgar o‘zbekistonlik ayolni 290 ming dollarga tushirdi

Turkiyalik firibgar sevgi bahonasida o‘zbekistonlik ayolni 290 ming dollarga tushirdi
Foto: Ijtimoiy tarmoq / Instagram

O‘zbekistonlik 41 yoshli ayol internet orqali tanishgan erkakka ishonib, $290 ming yo‘qotdi. Gumonlanuvchi Turkiya fuqarosi, 26 yoshli Ahmad Uzmen ekani aytilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak ayol bilan internet orqali tanishib, sevgi va nikoh va’dalari bilan uning ishonchiga kirgan. U birga yashash va baxtli oila qurish rejalari haqida gapirib, kuchli hissiy aloqa o‘rnatgan.

Uch yilga 7 foizli ssuda: «Yangi avlod tadbirkorlari» dasturi boshlanadi

Fevral oyi pensiya puli qachon to‘lanadi
Foto: ijtimoiy tarmoq

Garvard, Stenford va London iqtisodiyot maktabi kabi nufuzli oliygohlar tajribalari asosida «Yangi avlod tadbirkorlari» dasturi yo‘lga qo‘yiladi.

Yoshlar ishlari agentligiga kamida 40 ming nafar yoshni biznes asoslariga o‘qitish topshirildi. Dastur doirasida eng yaxshi 1 ming nafar bitiruvchining loyihasiga uch yil muddatga 200 mln so‘mgacha 7 foizli ssuda ajratiladi.

Yosh oilalarga ipoteka kreditining 14 foizdan oshgan qismi qoplab beriladi

Yashil ipoteka: yangi bosqichga o‘tish
Foto: depositphotos

Yosh oilalar uchun ipoteka kreditining 14 foizdan oshgan qismi budjetdan qoplanadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan muloqotida ma’lum qilindi.

«Yosh oilalar uchun eng avvalo nima kerak? Albatta, qulay va shinam uy-joy zarur. Shuni hisobga olib, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida uy-joy ipoteka dasturi doirasida kredit stavkasini 14 foizdan oshgan qismi budjetdan qoplab beriladi», — dedi prezident.

Shuningdek, «Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish» jamg‘armasi orqali iste’dodli yozuvchilarga ijodiy buyurtmalar beriladi va ularga bir yil davomida har oy 20 mln so‘mdan to‘lov amalga oshiriladi.