Yangiliklar

Afg‘onistonda yuz bergan zilzila O‘zbekistonda sezildi

Zilzila magnitudasi 5,7 ni tashkil qilgan
Foto: Facebook

Afg‘onistonda 5,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Seysmoprognostik monitoring markazining ma’lumot berishicha, zilzila O‘zbekistonda ham sezilgan.

Yer silkinishi episentri Badaxshon hududida joylashgan. Zilzila o‘chog‘i 67 km chuqurlikda joylashgan. Episentr Toshkentdan 485 km janubiy-sharqda bo‘lgan.

Yer silkinishi O‘zbekiston hududida ham sezildi. Surxandaryo viloyatida zilzila kuchi 2 ballni tashkil etdi. Viloyat episentrdan 343 km uzoqlikda joylashgan.

Hozircha jabrlanganlar yoki talafotlar haqida rasmiy ma’lumot berilmadi. Mutasaddi xizmatlar vaziyatni kuzatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Afg‘oniston hududida kuchli zilzila sodir bo‘lgani haqida yozgan edi.