
Apple 2026-yil oxirida yangi MacBook modellari, jumladan sensorli ekranga ega MacBook Pro’larni taqdim etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda GSMArena ma’lum qildi.
Yangi modellarga 14 dyuymli va 16 dyuymli MacBook Pro’lar kiradi, ichki nomlari K114 va K116 sifatida tanilgan. Bu qurilmalar Apple’ning uzoq yillik sensorli noutbuklarga nisbatan qarshiligini bekor qilishi kutilmoqda.
Sensorli MacBook Pro foydalanuvchiga tegish yoki kursor orqali ishlash uchun alohida profil taqdim etadi. Tegish rejimi yoqilganda, macOS ekranda foydalanuvchining tegish nuqtalari atrofida qo‘shimcha menyular va kontekstga mos harakatlarni ko‘rsatadi.
Shuningdek, yangi MacBook Pro’lar OLED ekran va Dynamic Island funksiyasi bilan jihozlanadi. Dynamic Island ekraning yuqori markazida joylashadi, teshik shaklidagi dizaynga ega va hozirgi iPhone’lardagi modelga qaraganda kichikroq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple kompaniyasi yaqin kunlarda yangi MacBook Air modelini taqdim etishi haqida yozgan edik.