
Audi va SAIC Motor hamkorligidagi subbrend yangi elektr sportkar konseptini namoyish etdi. Dizayner Theottle tomonidan tayyorlangan renderlar afsonaviy TT modelining zamonaviy talqinini ko‘rsatdi.

AUDI brendi Xitoyning mahalliy bozoriga moslashish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, u an’anaviy to‘rtta halqa logotipidan voz kechgan. Yangi konsept E5 Sportback dizayn elementlarini o‘zida aks ettiradi va gorizontal yoritish tizimi bilan jihozlangan. Avtomobilning orqa qismi 1998-yilda taqdim etilgan ilk TT modellariga xos shaffof lyuk dizaynini eslatadi.

Audi TT tarixi 1998-yilda boshlangan va o‘zining dumaloq shakllari bilan avtomobil olamida inqilob qilgan edi. 2007-yilda chiqarilgan ikkinchi avlod yanada agressiv ko‘rinishga ega bo‘ldi. Sportkar 2022-yilda 394 ot kuchiga ega TT RS versiyasi bilan o‘z faoliyatini yakunlagan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ishlab chiqarilishi kutilayotgan Concept C modeli to‘liq elektr quvvatida harakatlanadi. Garchi render norasmiy bo‘lsa-da, Audi kompaniyasi TT modelini elektr dvigatel bilan qayta tiriltirish strategiyasiga sodiq qolmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Audi yangi RS5 modelini rasman taqdim etgani haqida xabar bergan edi.