Avto

BYD Song Ultra EV saloni rasman namoyish etildi

BYD
Avtomobil «katta yotoq» rejimini qo‘llab-quvvatlaydi
BYD Song Ultra EV ichki qismi rasman namoyish etildi
Foto: BYD

BYD kompaniyasi 25-fevral kuni yangi o‘rta o‘lchamli elektromobil BYD Song Ultra EV modelining salonini rasman namoyish qildi. CarNewsChina’ga ko‘ra, model keng imkoniyatlari bilan ajralib turadi.

Avtomobil «katta yotoq» rejimini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa sayohat va dam olish uchun qulaylik yaratadi. Salon dizayni soddaligi bilan e’tiborni tortadi. Old panel tekis chiziqli ko‘rinishda ishlangan.

Foto: BYD

Avtomobil to‘liq raqamli asboblar paneli va markazda ekran bilan jihozlangan. Ikki dona simsiz telefon zaryadlash joyi, ikkita stakan qo‘yish joyi hamda multimedia boshqaruv tugmasi mavjud.

Big bed mode funksiyasi 2840 mm g‘ildirak bazasi hisobiga yaratilgan. Old va orqa o‘rindiqlar bir-biriga ulanib, keng yotoq maydonini hosil qiladi.

BYD Song Ultra EV uzunligi 4850 mm, eni 1910 mm, balandligi 1670 mm. G‘ildirak bazasi 2840 mm.

Foto: BYD

Model bitta elektr motor bilan jihozlangan. Uning quvvati 270 kW yoki 362 ot kuchiga teng. Maksimal tezligi 210 km/soat. Akkumulyator variantlari 75,6 kWh va 82,7 kWh bo‘lib, mos ravishda 620 km va 710 km masofani bosib o‘tish imkonini beradi. Bozor narxi taxminan $26 ming atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BYD Denza B8 elektromobili xavfsizlik sinovidan o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi.