HyperOS 3 yangilanishi ayrim Xiaomi smartfonlarini bloklamoqda

eʼlon qilindi
Yangilanish yuklab olingandan so‘ng ayrim qurilmalar Recovery Mode rejimida qotib qolmoqda
Foto: Xiaomi Time

Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari egalari HyperOS 3 tizimiga o‘tishda jiddiy muammoga duch kelmoqda. Bu haqda Xiaomi Time nashri xabar berdi.

Yangilanish yuklab olingandan so‘ng ayrim qurilmalar Recovery Mode rejimida qotib qolmoqda va tizimni o‘rnatishni yakunlay olmayapti.

Muammo sababi

Muammo asosan Xitoy bozori uchun ishlab chiqarilgan, biroq ularga norasmiy global proshivka (Fake Global ROM) o‘rnatilgan qurilmalarda kuzatilmoqda. HyperOS 3’da Xiaomi hududiy blokirovkani faollashtirgan. Yangilanish vaqtida tizim xavfsizlik tekshiruvini o‘tkazadi va mos kelmaydigan qurilmalar tekshiruvdan o‘ta olmaydi.

Qaysi qurilmalar xavf ostida

  • Model raqami oxirida «C» harfi bo‘ladi (Xitoy versiyasi).
  • Rasmiy global versiyalarda model oxiri «G» bilan tugaydi.
  • Qurilma korpusida yoki ramkasida CE sertifikati belgisi bo‘lmaydi.

Muammoni qanday hal qilish mumkin

Xiaomi avtomatik rollback (oldingi versiyaga qaytish) mexanizmini joriy qilgan. Qurilmani tiklash uchun:

  1. Smartfonni ketma-ket 7 marta qayta yuklash kerak.
  2. 7-urinishda tizim xavfsiz tarzda avvalgi ishlaydigan versiyaga (masalan, HyperOS 2.2) qaytadi.
  3. So‘ng sozlamalarda avtomatik yangilanishni o‘chirib qo‘yish tavsiya etiladi.

Agar qurilmangiz Xitoy versiyasi bo‘lsa va unga norasmiy global dastur o‘rnatilgan bo‘lsa, HyperOS 3’ni o‘rnatishdan oldin modelni tekshirish muhim. Aks holda, tizim bloklanishi xavfi mavjud.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiaomi yangi qidiruv trekeri Xiaomi Tag’ni sotuvga chiqargani haqida yozgandi.

Shuningdek