Yangiliklar

Instagram o‘zining TV ilovasini ishga tushirdi

Google TV qurilmalarida
Instagram o‘zining TV ilovasini ishga tushirdi / Foto: Hans India

Instagram platformasi o‘zining TV ilovasini AQShdagi Google TV qurilmalarida ishga tushirdi. Bu haqda Tech Crunch nashri xabar berdi.

Ilova foydalanuvchilarga Reels videolari va Instagramdagi postlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri televizorda ko‘rish imkoniyatini taqdim etadi. Bu orqali Instagram YouTube bilan raqobatni kuchaytirishni maqsad qilmoqda. Instagram TV ilovasini mobil ilovaga bog‘lagan holda beshtagacha hisob qo‘shish yoki televizorda ko‘rish uchun yangi hisob yaratishlari mumkin.

Foto: Tech Crunch

Ilova har bir foydalanuvchi uchun shaxsiylashtirilgan bo‘lib, ular yoqtirgan kontent va mualliflarga asoslangan Reels videolarini namoyish etadi. Videolar mavzular bo‘yicha kanallar va kategoriyalarga ajratiladi. Reels’lar avtomatik tarzda aylanadi, shuning uchun keyingi videoga o‘tkazish shart emas. Foydalanuvchilar videolarni yoqtirish, izohlarni o‘qish va qayta ulashish imkoniyatiga ham ega.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meta Threads uchun yangi ulashish funksiyasini taqdim etgan edi.